9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

11:06 / 13.08.2019 27846

AQShda muhojirlarga grin-karta berish qoidalari qat'iylashtirildi

Foto: Getty Images

AQSh kelajakda ijtimoiy nafaqa olishga muhtoj bo‘lishi mumkin bo‘lgan xorijiy fuqarolarga grin-kartalar berish qoidalarini qat'iylashtirishga qaror qildi. Tegishli hujjat AQSh Federal reyestri saytida joylashtirilgan.

AQSh Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Fuqarolik va immigratsiya masalalari bo‘yicha xizmat direktori Ken Kuchinellining so‘zlariga ko‘ra, yangilik imkon qadar kamroq chet ellik shaxs davlat qaramog‘ida bo‘lishini kafolatlaydi. 

- Qoidalar keyinchalik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi xorijliklarning Qo‘shma Shtatlarga kelishi va grin-karta olishiga to‘siq qo‘yadi, - dedi u brifingda.

Ta'kidlanishicha, yangi hujjatda davlat qaramog‘ida bo‘ladigan shaxsning aniq ta'rifi shakllantirgan. Ushbu toifaga bitta nafaqa yoki 36 oylik davrda 12 oydan ko‘proq vaqt davomida nafaqa oluvchilar kiritiladi. Shu bilan birga, bir oydagi ikkita nafaqa ikki oyga tenglashtiriladi.

Yangi qoidalar ikki oydan keyin kuchga kiradi. 

Top