9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

08:54 / 13.08.2019 13348

IIBB haydovchilarga orqaga harakatlanish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf haqida eslatdi

Foto: l-a-w.ru

Toshkent shahar IIBB haydovchilar uchun orqaga harakatlanish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida eslatma bilan chiqdi.

Eslatmada aytilishicha, oynaga qarash yoki boshni orqaga burishning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin – yosh bola yoki yoshi kattalar “ko‘r” hududda bo‘lishi ehtimoldan holi emas. 

Jumladan, o‘tgan hafta xuddi shu sabab bilan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Yangi Sergeli ko‘chasida (mo‘ljal: Moskva do‘koni) “Spark” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan 1988 yilda tug‘ilgan N. S. orqaga harakatlanish vaqtida piyodani urib yuborgan. 

YTH natijasida 1989 yilda tug‘ilgan piyoda O. L. tan shikastlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Top