07:42 / 13.08.2019
7719

“Lekima” to‘foni oqibatida Xitoyda 48 kishi halok bo‘ldi

Foto: Global Look Press

Xitoy sharqida “Lekima” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 48 nafargacha oshdi, 21 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. 

To‘fon 9 avgustdan boshlab u yoki bu yo‘sinda Xitoyning 9 ta provinsiyasini qamrab olib, 9 mlnga yaqin kishiga ta'sir ko‘rsatgan. Hukumat shoshilinch ravishda xavfli hududlardan 1,7 mlndan ko‘proq odamni evakuatsiya qilishiga to‘g‘ri kelgan. Tabiiy ofatdan sharqiy provinsiyalar Chjetszyan, Shandun va Anxoy eng ko‘p talofat ko‘rgan. Minglab aviareyslar bekor qilingan yoki qoldirilgan.

Xitoyning yirik shaharlaridan biri – Shanxay ham tropik siklon oqibatlarini o‘zida his qilgan. Bu yerda kuchli shamol va yomg‘irlar tufayli sohilbo‘yi hududlaridan 250 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan, yer usti va havo transporti ishi bir kundan ko‘proq vaqtga izdan chiqqan.

Ayni vaqtda to‘fon markazi qit'ani tark etib, Boxay ko‘rfazida harakatlanmoqda. U tobora o‘z kuchini yo‘qotib bormoqda. 

Mavzuga oid
Top