9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

14:50 / 13.08.2019 3812

Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining xarajatlarini qoplab berish tartibi tasdiqlandi 

Hukumat qarori bilan Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Nizom bilan, meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning yangi tashkil etilgan bog‘ va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi.

2019 yil va undan keyingi yillardagi xarajatlarini qoplash bo‘yicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:

tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan 1 gektar maydon uchun bir martalik 6 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda;

maydoni 35 gektardan ziyod bog‘larda suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda.

Subsidiya mablag‘lari 2019 yilda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi jamg‘arma hisobidan, 2020 yildan boshlab esa jamg‘arma hamda davlat budjetidan teng ulushlarda ajratiladi.

Xarajatlarning bir qismini qoplash istagini bildirgan ishlab chiqaruvchilar hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha vakolatli loyiha institutining loyihasi;

tijorat banki bilan tuzilgan kredit shartnomasi hamda kredit ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;

amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 1 mayga qadar kelgusi yilda sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning yakuniy ro‘yxatini shakllantirib Hukumatga taqdim etadi.

Top