9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

18:22 / 13.08.2019 2687

Nodirbek Yakubbayev Xalqaro shaxmat festivalida kumush medalga sazovor bo‘ldi

Foto: Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

6-11 avgust kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida 26-Abu Dabi Xalqaro shaxmat festivali (26th Abu Dhabi International Chess Festival) bo‘lib o‘tdi. Unda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari, xalqaro grossmeystrlar Nodirbek Yakubbayev, Nodir Abdusattorov va O‘zbekiston chempioni Javohir Sindarov qatnashdi.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 9 turdan iborat bahsda Nodirbek Yakubbayev 7 ochko bilan 2-o‘rinni, Nodirbek Abdusattarov 6 ochko bilan 16-o‘rinni va eng yosh O‘zbekiston chempioni Javohir Sindarov 5,5 ochko bilan 28-o‘rinni egallashdi. 

Nodirbek Yakubbayev
Foto: Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Musobaqaning adchessfestival.ae rasmiy saytida keltirilgan ma'lumotga ko‘ra, 27 mamlakatdan 55 grossmeystr (7 ayol), 34 xalqaro toifadagi sport ustasi (10 ayol), jami 150 shaxmatchi qatnashgan turnirda, reyting-favorit (eng baland reytingli shaxmatchi) ukrainalik Yuriy Krivoruchko qatnashgan bo‘lsa-da, finalda 1-o‘rinni gruziyalik Jobava Baadur egalladi. 2-o‘rinni egallagan xalqaro grossmeystr, Xalqaro shaxmat akademiyasi tinglovchisi Nodir Yakubbayevga kumush medal bilan birga 7500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti ham topshirildi.

Top