15:23 / 13.08.2019
3822

Osiyo infrastrukturaviy investitsiya banki O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori sifatida ko‘rmoqda

Foto: REUTERS

Osiyo infrastrukturaviy investitsiya banki (OIIB) O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori sifatida ko‘rmoqda, dedi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov.

«Sizlar O‘zbekiston Markaziy Osiyo va uning tashqarisida bankning asosiy hamkori bo‘lishini xohlayotganingizni aytdingiz. Biz esa moliyaviy institutlar orasida OIIB bizning asosiy hamkorimiz bo‘lishini xohlaymiz. Tez orada shunday bo‘lishiga ishonaman», – dedi Umurzoqov OIIB prezidenti Tszin Litsyun ishtirokidagi biznes-brifingda.

«Biz loyihalarimizni amalga oshirishga hali kirishganimiz yo‘q, ammo tez vaqt ichida oldinga siljishga erishamiz», – deb qo‘shib qo‘ydi vazir.

Joriy yilda OIIB va O‘zbekiston o‘rtasida Buxoro viloyatida suv ta'minoti, kanalizatsiya va yo‘l qurilishi sohasida umumiy qiymati 600 million dollardan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolangandi.

Top