16:21 / 13.08.2019
2379
O‘zbekiston va OIIB Afg‘onistonda hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Osiyo infrastrukturaviy investitsiya banki Afg‘onistonda hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ma'lum qildi.

«Biz Afg‘onistonda hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish salohiyatini muhokama qildik», – dedi Umurzoqov OIIB prezidenti Tszin Litsyun ishtirokidagi brifingda. U shu bilan birga, hozircha aniq loyihalar belgilanmaganini qayd etdi.

Vazir shuningdek, OIIB Jahon banki hammoliyalashtirishi ostida «Obod qishloq» loyihasiga hamda «Buxoro-Miskin-Urganch-Xiva» temir yo‘lini elektrlashtirish loyihasiga qo‘shilishi mumkinligini aytdi. Umurzoqov tilga olgan loyihalar orasida shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi yo‘llarni rekonstruksiya qilish va Samarqandda arzon uy-joylar qurish loyihalari bor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda OIIB va O‘zbekiston o‘rtasida Buxoro viloyatida suv ta'minoti, kanalizatsiya va yo‘l qurilishi sohasida umumiy qiymati 600 million dollardan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolangandi.

Top