00:15 / 13.08.2019
36656

Poroshenkoga so‘roq qilinganidan keyin tuxumlar uloqtirildi

Foto: RIA "Novosti"

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr  Poroshenko davlat tergovlar byurosi binosidan chiqqandan so‘ng noma'lum shaxslar unga tuxumlar uloqtirdi, deb xabar beradi RIA Novosti axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, tuxumlar jurnalistlarga, Poroshenko tarafdorlariga hamda politsiya xodimlariga ham tekkan. 

So‘roq "Pryamoy"  kanalini sotib olayotganda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holati bilan bog‘liq bo‘lgan va deyarli uch soat davom etgan. Undan keyin sobiq prezident jurnalistlar bilan qisqacha suhbatlashib jo‘nab ketgan.

Poroshenkoning advokati Igor Golovanning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, so‘roq paytida sobiq davlat rahbari «Kuznitsa na Rybalskom» zavodining sotilish ishi bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar bergan.

Advokat, shuningdek, Poroshenko uchta ish bo‘yicha guvoh sifatida o‘tayotgani, so‘roq vaqtida unga yana bitta ish haqida ma'lum qilinganini ta'kidlab o‘tgan.

Ukraina davlat tergovlar byurosi direktori Roman Truba sobiq prezidentning keyingi so‘roq qilinishi poligraf yordamida o‘tishi mumkinligini ma'lum qilgan.

Avvalroq Truba Poroshenko va boshqa mansabdor shaxslarga qarshi 11 ta jinoiy ish olib borilayotganini ma'lum qilgandi. O‘z navbatida. Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko sobiq prezident barcha holatlar bo‘yicha guvoh sifatida o‘tayotganini ta'kidlab o‘tgan.

Poroshenkoning o‘zi Ukraina xalqi oldida javobgar ekanligi va ta'qib qilinishdan qo‘rqmasligini aytgan.

Mavzuga oid
Top