21:23 / 13.08.2019
9480

Qozog‘istondagi avtohalokat 5 kishining umriga zomin bo‘ldi 

Foto : Sputnik / Vladislav Vodnev

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida yengil mashinaning yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yetkazildi. 

Ma'lum qilinishicha, avtohalokat Olmaota-Bishkek avtomobil yo‘lining 84-kilometrida ertalab yuz bergan. Unda 29 yoshli ayol tomonidan boshqarilgan Mazda-626 avtomobili Shacman yuk mashinasiga urilgan.

Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi va avtomobildagi 4 yo‘lovchi voqea joyida olingan jarohatlardan halok bo‘lgan.   

Avtohalokat sabablari aniqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid
Top