00:13 / 13.08.2019
14516
RPL. Shomurodovning goli «Rostov»ni ikkinchi o‘ringa olib chiqdi

Rossiya chempionatida 5-turning oxirgi o‘yini yakunlandi. «Rostov» o‘z maydonida «Krilya Sovetov»ni qabul qilib, Eldor Shomurodovning goli evaziga g‘alaba qozondi.

Bu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 11 taga yetkazib olgan «Rostov» Rossiya chempionatida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Shomurodov esa chempionat to‘purarlar poygasida Dzyuba (Zenit) va Sobolevlarga (Krilya Sovetov) yetib oldi.

Bu o‘yindan so‘ng «Rostov» chempionatning eng sermahsul jamoasiga ham aylanib oldi. Karpin shogirdlari hozirgacha 10 ta gol urishdi va ularning 4 tasiga Eldor Shomurodov mualliflik qildi.

Rossiya chempionati. 5-tur

Rostov – Krilya Sovetov 1:0

Gol: Shomurodov (33).
Rostov: Pesyakov, Kozlov, Chistyakov, Sigurdsson, Chernov (Dolgov, 90), Yeryomenko, Ionov (Glebov, 73), Bayramyan (Zuyev, 55), Popov, Normann, Shomurodov.
Krilya Sovetov: Rijikov, Karpov, Chernov, Anyukov (Zinkovskiy, 70), Kombarov, Gatskan, Timofeyev, Kabutov, Gynsar (Radonich, 73), Kanunnikov, Sobolev (Golenkov, 87).

Top