13:45 / 13.08.2019
7518
Sergelida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan korxona rahbari jinoiy javobgarlikka tortildi
Foto: Getty Images

Sergeli tumanida joylashgan MChJlarning birida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinmayotganligi aniqlandi. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra. buning natijasida bug‘doyni ezib va yanchib beradigan nosoz ahvoldagi “Val” rusumli dastgohni o‘chirmasdan mazkur korxonaning ishchisi 24 yoshli M.K. uni tozalayotgan vaqtida, o‘ng qo‘li ichiga kirib ketib tan jarohati olgan. 

Ushbu fakt bo‘yicha MChJ rahbari 41 yoshli U.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (“Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzilishi”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top