19:10 / 13.08.2019
4453
Toshkentda Xalqaro Shodiyev fondi tomonidan tashkil etilgan intellektual o‘yinlar bo‘yicha III Yevrosiyo Kubogi bo‘lib o‘tdi

10-11 avgust kunlari poytaxt bilimdonlik bo‘yicha kuch sinashishga hamda intellektual o‘yinlar bo‘yicha III Yevrosiyo Kubogi g‘oliblari sharafi uchun kurash olib borish yuzasidan davrimizning eng yaxshi bilimdonlarini birlashtirish maskaniga aylandi. 

Tadbir o‘zida «Nima? Qayerda? Qachon?» mashhur o‘yinining sport versiyasini, “Svoya igra” individual musobaqasi va kundan-kunga ommalashib borayotgan “Hamsa” jamoa viktorinasini o‘zida mujassam etgan. 

Musobaqa o‘zida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Germaniya, Latviya va boshqa mamlakatlarning 10 ta davlatlaridan 28 ta jamoalarni birlashtirdi. Bu nafaqat intellektual musobaqalar uchun maydon, balki xalqaro miqyosda samarali tajriba almashish va intellektual o‘yin ustalari bilan yangi o‘yinchilarni tanishish imkoniyatiga aylandi. Hurmatli mehmonlar orasida «Nima? Qayerda? Qachon?» o‘yinining yetakchi ishtirokchilari:

Maksim Potashev («Nima? Qayerda? Qachon?» televizion o‘yinning magistri);

Aleksandr Rubin (“Xrustalnaya sova” sovrini ikki karra sohibi, «Nima? Qayerda? Qachon?» Xalqaro Klublar Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti);

Aleksandr Korobeynikov («Nima? Qayerda? Qachon?» o‘yini bo‘yicha amaldagi jahon chempioni) va boshqalar.

Tadbir Xalqaro Shodiyev fondi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u Yevrosiyoda ilm-fan, san'at, ta'lim, innovatsiya va xayriya sohasini rivojlantirish va targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘p funksiyali xalqaro markazdir. Fondning maqsadi - yoshlarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirish, yoshlik g‘ayratini ijodiy oqimga yo‘naltirish va o‘sib kelayotgan avlodning yashirin qobiliyatlarini ochib berishdan iboratdir. Xalqaro Shodiyev fondi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Fattoh Qayumovich Shodiyev tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, musobaqaning bosh homiysi va tashkilotchisi sifatida respublikamiz doirasida tafakkur o‘yinlar pleyadasining boshlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi va mamlakatning intellektual harakati rivojlanish yo‘lidagi boshlang‘ich nuqtaga aylandi.

Intellektual o‘yinlar bo‘yicha III Yevrosiyo kubogi tashkiliy qo‘mitasi hamraisi, "Uz-Liga" o‘zbek bilimdonlar ligasi prezidenti, «Nima? Qayerda? Qachon?» Xalqaro Klublar Assotsiatsiyasi boshqaruv a'zosi Azizbek Yusufov musobaqani tashkil etishda hal qiluvchi ahamiyatga ega muhim sabablar bilan bo‘lishdi:

“Bizning intellektual harakatimizning kelib chiqishi 2003-2004 yillarda boshlangan. Faoliyatimizning asosiy maqsadi yosh avlod orasida dam olish shakli sifatida intellektual o‘yinlarni tarqatish va ommalashtirish edi. Ish turli xil o‘zgaruvchan muvaffaqiyatlar bilan davom etdi va ba'zi davrlarda biz biroz pasayishni ham boshdan kechirdik. Shu bilan birga, dunyo hamjamiyatida intellektual harakatlar tobora kengayib bordi va biz boshlagan ishimizni jonlantirishga va "aqlli" o‘yinlarni kengaytirishni davom ettirishga qaror qildik. Umid qilamizki, ushbu musobaqa intellektual harakatning O‘zbekistonda ommaviylashishiga va ko‘p sonli izdoshlarini orttirishga turtki bo‘ladi. Shuningdek, bizning respublikamiz 2020 yilda navbatdagi "Nima? Qayerda? Qachon? o‘yini bo‘yicha Jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha mehmonlik qilishiga umid qilamiz”.

Musobaqada dunyoga mashhur "Nima? Qayerda? Qachon?” o‘yinchilari ham ishtirok etishdi.  Zamonamizning eng yaxshi bilimdonlari vakillaridan biri, «Nima? Qayerda? Qachon?» televizion o‘yinning magistri, “Xrustalnaya sova” sovrinining to‘rt karra sohibi Maksim Potashev musobaqaga tashrif buyurdi. O‘yin davomida Maksim bilimdonlik bo‘yicha bahs boyladi va endigina intellektual harakat sohasiga kirib kelayotgan izdoshlari bilan o‘z tajribasini o‘rtoqlashdi. Bilimdon Markaziy Osiyoda intellektual o‘yinlar ezgu an'anaga aylanganini va uzoq yillardan buyon o‘tkazib kelinayotganini, shu bilan birga III Yevrosiyo Kubogini o‘tkazish mamlakatimizda intellektual musobaqalarning mavqeini rivojlantirish va mustahkamlashga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan muhim voqea bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.

Ikki kun davom etgan musobaqada eng kuchli jamoalar va faxriy o‘rin sohiblari aniqlandi. Tadbirning asosiy musobaqasi - “Nima? Qayerda? Qachon?” o‘yini bo‘yicha g‘olib va kumush medal sohiblari O‘zbekiston vakillari bo‘lishdi. Yan Sadkovskiy yetakchiligidagi “Misteriya” jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Abdulaziz Jalilov boshchiligidagi “KAD” jamoasi faxriy ikkinchi o‘rinni egalladi. “Svoya igra” individual turnirida latviyalik Maksim Kraynov g‘olib deb topilgan bo‘lsa, “Hamsa” viktorinasida Maksim Potashev boshchiligidagi “Afina” jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Intellektual o‘yinlar bo‘yicha III Yevrosiyo Kubogini yuqori darajada bo‘lib o‘tgani nafaqat tadbir ishtirokchilari va mehmonlari, balki “Nima? Qayerda? Qachon?” Xalqaro klublar Assotsiatsiyasining vakillari tomonidan ham qayd etildi. Assotsiatsiya vitse-prezidenti Aleksandr Rubin yopilish marosimida so‘zlagan nutqida Xalqaro Shodiyev fondining Markaziy Osiyoda intellektual o‘yinlarga qo‘shgan hissasini alohida ta'kidlab, fondni Assotsiatsiyaning faxriy diplomi bilan taqdirladi.

Top