16:11 / 13.08.2019
7030

Umurzoqov Buxoro viloyatining ichimlik suvi bilan ta'minlanishi 99 foizga yetishini ma'lum qildi

Foto: uzcharm.com

Osiyo infrastrukturaviy investitsiya banki (OIIB)  ishtirokida Buxoro viloyati infrastrukturasini yangilash bo‘yicha loyiha viloyatning ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasini 99 foizga yetkazish imkonini beradi. Bu haqda respublika investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, OIIB delegatsiyasi aholi ehtiyojini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun Buxoroga kelgan.

«Loyihaning amalga oshirilishi viloyatning ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasini 99 foizga yetkazish imkonini beradi. Biz butun viloyatdagi yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilishni istaymiz. Bu loyiha bilan yuz foiz yo‘llar qamrab olinadi. Bu biz uchun o‘ziga xos loyiha, ilgari bunaqasi bo‘lmagan», – dedi Umurzoqov. 

Vazir shuningdek, OIIB Jahon banki hammoliyalashtirishi ostida «Obod qishloq» loyihasiga hamda «Buxoro-Miskin-Urganch-Xiva» temir yo‘lini elektrlashtirish loyihasiga qo‘shilishi mumkinligini aytdi. Umurzoqov tilga olgan loyihalar orasida shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi yo‘llarni rekonstruksiya qilish va Samarqandda arzon uy-joylar qurish loyihalari bor.

Top