01:35 / 14.08.2019
56746
Alisher Usmonov Rossiyaning eng katta ta'sirga ega musulmonlari o‘ntaligidan joy oldi

“Biznes Online” ishbilarmonlik nashri o‘z talqiniga ko‘ra, Rossiyaning eng katta ta'sirga ega musulmonlari yuztaligini e'lon qildi.

Ravil Gaynutdin
Foto: RIA "Novosti"

 

Reytingda Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi prezidiumi raisi va muftiylar kengashi rahbari Ravil Gaynutdin yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinni Tataristonning birinchi prezidenti Mintimer Shaymiyev egallamoqda. 

Mintimer Shaymiyev
Foto: RIA "Novosti"

3-o‘ringa dog‘istonlik yakkakurash jangchisi, UFC bo‘yicha jahon chempioni Xabib Nurmagomedov loyiq topilgan. 

Xabib Nurmagomedov
Foto: RIA "Novosti"

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Tataristonning amaldagi prezidenti Rustam Minnixanov (4-o‘rin), Checheniston rahbari Ramzon Qodirov (5-o‘rin), USM Holdings asoschisi va bosh aksiyadori, milliarder Alisher Usmonov (6-o‘rin), Rossiya musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi raisi Talgat Tojuddin (7-o‘rin), Rossiya Federatsiya kengashining Dog‘istondan a'zosi, milliarder Suleyman Kerimov (8-o‘rin), Moskva merining shaharsozlik siyosati va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Marat Xusnullin (9-o‘rin) va Moskva jome' masjidi imom-xatibi Shamil Alyautdinov (10-o‘rin) joy olgan.

Foto: RIA "Novosti"

Reytingga 100 kishi kiritilgan bo‘lib, undan hokimiyat, biznes, madaniyatda muhim o‘rinlarga ega bo‘lganlar, metsenatlar, din va ma'naviyat arboblari, islom ulamolari o‘rin olgan. Nomzodlar diniy, siyosiy, iqtisodiy va jamiyat turmushiga ta'siri bo‘yicha baholangan.

Alisher Usmonov islom dini rivoji uchun amalga oshirayotgan ishlari uchun e'tirof etilgan. Jumladan, u Bulg‘or islom akademiyasiga rekord miqdorda xayriya mablag‘i ajratgan (500 mln rubl) hamda Bulg‘or shahrida Oq masjid qurilishiga homiylik qilgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Usmonov islom bilan bog‘liq boshqa loyihalarni nafaqat Rossiyada qo‘llab-quvvatlaydi. Jumladan, tadbirkor Toshkentdagi Islom madaniyati markaziga 8 mln dollarlik kitoblar to‘plamini sovg‘a qilgan. Kitoblar orasida Sharq madaniyati va islom dunyosining Yevropaga ta'siri haqidagi asarning nafaqat lotin, ingliz, fransuz va nemis tillardagi tarjimasi, balki buyuk ajdodimiz Ibn Sinoning “Tib qonunlari”ning lotin tiliga ilk tarjima qilingan nusxasi bor. 

Top