9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

08:26 / 14.08.2019 50683

Hokimlarning yer uchastkalari bo‘yicha vakolatlaridan biri qisqartirildi 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda hokimlarning yer uchastkalariga oid vakolatlaridan biri olib qo‘yiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonda aytiladi.

Xususan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini olib qo‘yish va bir fermer xo‘jaligidan boshqasiga o‘tkazish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan, ular foydalanadigan va mulki bo‘lgan yer uchastkalarini jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bo‘yicha vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashlariga beriladi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 martdan kuchga kiradigan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan.

Top