20:53 / 14.08.2019
20748
Navoiydagi jazoni ijro etish muassasasida vafot etgan mahbus ishi bo‘yicha sud davom etmoqda

Bugun, 14 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudya Zafar Nurmatov raisligida Navoiydagi 47-sonli jazoni ijro etish muassasasida vafot etgan Sh.S. ishi bo‘yicha yana bir sud majlisi o‘tkazildi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda. 

Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan ochilgan mazkur jinoyat ishi bo‘yicha E.M., X.Sh., K.J va D.A. sudlanmoqda.

Sud majlisida sudlanuvchi E.M.ga so‘z berildi. Sudlanuvchi bu voqea uch yil avval bo‘lganini, shu sababli javob berishga qiynalishini aytdi. Advokatlar va raislik qiluvchi tomonidan sohasi bo‘yicha tibbiyot shifokori bo‘lgan E.M.ga bir nechta savollar berildi.  

Sud tomonidan boshqa sudlanuvchilarni so‘roq qilish, yana qo‘shimcha aniqlashtirilishi lozim bo‘lgan masalalar mavjudligi sababli 16 avgust soat 10-00 gacha tanaffus e'lon qilindi.

Top