9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

14:50 / 14.08.2019 6081

O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomani tasdiqlaydi

Foto: Ramil Sitdikov

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida 2019 yil 31 may kuni Ashxobod shahrida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarning muzey ishi sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirilishi uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomani kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralarini bajarganligi hamda uni amalga oshirishga mas'ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydilar.

Top