9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

08:45 / 14.08.2019 22420

Test sinovlarining o‘n oltinchi kuni haqida ma'lumot berildi

Foto: KUN.UZ

Davlat test markazi oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarining o‘n oltinchi kuni haqida ma'lumot berdi.

2019 yil 14 avgust kuni respublika bo‘yicha 5 ta hududda 1-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 08:00 da boshlandi.

Test sinovlarida birinchi smenada jami 10 410 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

- 10 067 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda;
- 342 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi;
- 1 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan hududlar:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Buxoro viloyati;
4. Xorazm viloyati;
5. Samarqand viloyati.

Teglar

Top