11:30 / 14.08.2019
9029

«Toshshahartransxizmat»: Avtobus bekati – avtomobillar uchun to‘xtash joyi emas

Har kuni avtobus haydovchilari bekatga kelishda u yerdagi kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan avtomobillarga ro‘para bo‘ladilar. Avtomobillar bekat va shohbekatlarga joylashib avtobuslarning harakatiga xalaqit beradi. 

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, poytaxtda avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha 2 179 ta bekat mavjud. 

Bekatlarni avtomobillardan bo‘shatish maqsadida «Toshshahartransxizmat» AJ xodimlari YPX YHXB bilan birga muntazam ravishda tozalash tadbirlarini o‘tkazadi. Biroq, shunga qaramay, bekatlarni turargoh qilib olish holatlari hamon uchrayotgani aytiladi.

Yo‘l belgilari haqida eslatma:

5.12 - ishora belgisi avtobus bekati mavjudligi haqida ogoh qiladi;
 
3.27 – ishora belgisi yo‘nalishdagi avtobuslardan boshqa transport vositalarining to‘xtashini taqiqlaydi.

«Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Ayniqsa, avtobuslar harakatiga xalal bermang. Zero, unda har birimizning yaqinlarimiz bo‘lishi mumkinligini unutmaylik», - deyiladi «Toshshahartransxizmat» xabarida.

Top