18:16 / 14.08.2019
10218
Tramp AQSh prezidentligiga saylanganidan so‘ng 5 mlrd dollargacha pul yo‘qotganini aytdi
Foto: AP Photo/Susan Walsh

AQSh prezidenti Donald Tramp davlat rahbari etib saylanishi natijasida 5 mlrd dollargacha mablag‘ yo‘qotganligini aytdi. U biznesmenlik faoliyatidan voz kechishi hamda advokatlar uchun sarflagan xarajatlari miqdorini shunchaga baholadi.

"Bu lavozim menga uch milliarddan besh millard dollargacha tushadi. Ammo menga baribir, bu meni tashvishlantirmaydi", - deya Trampning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda NBC telekanali.

U prezidentlikka qayta saylanish niyatida ekanligini yana bir bor ta'kidladi.

"Prezident ekanim men uchun ulkan boylikdir", - dedi Tramp. 

NBC telekanali Trampning yo‘qotgan mablag‘lari miqdorini tekshirishning imkoni yo‘qligini qayd emoqda. Tramp boyligi miqdori 10 mlrd dollardan ortiqligini aytgan. Forbes jurnalining mart oyida e'lon qilingan reytingiga ko‘ra, Donald Tramp aktivlarining umumiy qiymati 3,1 mlrd dollarga yaqin.

Top