15:42 / 15.08.2019
57687
Atamboyevga 14ta ayblov qo‘yildi
Foto: AKIpress

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga yana ikkita ayblov qo‘yildi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma'lum qildi, deb yozmoqda Knews.

«Bugun Qo‘y-Toshdagi yer uchastkasi bo‘yicha yana ikkita bildirishnoma topshirishdi. Bunda ikki xil ish mavjud, yerlardan biri ijarada, boshqasi esa xususiy mulkda. Bildirishnomalarni topshirish paytida men Atamboyevning yonida edim. U hali ham biron bir ko‘rsatma berishdan bosh tortmoqda va hech qanday bildirishnomalarga imzo qo‘ymayapti», - dedi Slesarev.

Uning qayd etishicha, sobiq prezidentga jinoyatlarda gumon qilish bo‘yicha jami 14ta bildirishnoma topshirilgan. 

Bundan oldin, Almazbek Atamboyevga qotillik ayblovi qo‘yilgandi.

Top