12:28 / 15.08.2019
4168

Auksion orqali yer olib beraman deb firibgarlik qilgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

2018 yil 19 iyul kuni Toshkent shahrining Yunusobod tuman IIO FMBga hujjatlar to‘plami tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ularga ko‘ra,  shu yil yanvar va aprel oylarida Shayxontohur tumani Bog‘ ko‘chasida yashovchi 38 yoshli B.V. Bobodehqon MFYda yashovchi 23 yoshli B.I. va shu MFYda yashovchi 53 yoshli M.T.larga Yunusobod tumani 14-dahada joylashgan yer maydonini auksion orqali olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan B.I.dan 1 150 AQSh dollarini hamda M.T.dan 2 000 AQSh dollarini olib bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida B.V. ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top