9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

10:02 / 15.08.2019 4392

Davstatqo‘m xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar sonini ma'lum qildi

Foto: Shutterstock

2019 yil 1 avgust holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 9 301 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 833 taga yoki 43,8 %ga o‘sgan. Ushbu korxonalarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Koreya Respublikasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yil 1 avgust holatiga xorijiy kapital ishtirokida 9 301 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, bu korxona va tashkilotlarning eng yuqorisi Toshkent shahri (5 563 ta), Toshkent (1 021 ta), Samarqand (477 ta) va Farg‘ona (359 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Nisbatan kamlari Xorazm (119 ta), Sirdaryo (138 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (136 ta) to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalardan 4 726 tasi qo‘shma korxonalar, 4 575 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keladi.

2019 yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalarning soni 1 997 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 846 taga ko‘paygan. Hududlar kesimida, xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahar (1066 ta yoki jamidagi ulushi 53,4 %), Toshkent viloyati (181 ta yoki 9,1 %) va Surxondaryo viloyatlari (109 ta yoki 5,5 %) hissalariga to‘g‘ri keladi. Eng kam xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (22 ta yoki 1,1 %), Sirdaryo viloyati (33 ta yoki 1,7 %) va Xorazm viloyati (45 ta yoki 2,3 %) hissalariga to‘g‘ri keladi.

Rossiya Federatsiyasi rezidentlari kapitali ishtirokida - 289 ta, Turkiya Respublikasi - 271 ta, Xitoy Xalq Respublikasi - 338 ta, Qozog‘iston Respublikasi - 203 ta va Koreya Respublikasi - 136 ta korxonalar yangi ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, 2019 yil yanvar-iyul oylarida Afg‘oniston Islom Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Ukraina, Ozarbayjon Respublikasi va boshqa davlatlar rezidentlari qo‘shma faoliyatga qiziqish bildirdilar.

Yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, asosan sanoat (611 ta), savdo (579 ta), qurilish (237 ta), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (165 ta) faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng kamlari esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (31 ta), axborot va aloqada (44 ta) hamda tashish va saqlashda (47 ta) tashkil etgan.

Top