9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

16:55 / 15.08.2019 10249

Toshkent markazida yo‘lovchi avtobus va «Lasetti» o‘zaro to‘qnashdi 

Joriy yilning 15 avgust kuni Toshkent shahrining Amir Temur ko‘chasida 93-yo‘nalishda qatnovchi “MAN” rusumli avtobus hamda “Lasetti” rusumli yengil avtomobil o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Baxsiz hodisa tufayli shikastlanganlar yo‘q.

Foto: Toshshahartransxizmat

“Toshshahartransxizmat” AJ xabariga ko‘ra, yengil avtomobil o‘ngga burilish huquqini beruvchi yo‘l belgisiga to‘liq amal qilmagan. Ya'ni, chap tarafdan kelayotgan transport vositalarini o‘tkazib yubormay o‘ngga burilgan va avtobusga urilgan va svetofor ustuniga ham zarar yetkazgan.

“Afsuski, so‘nggi vaqtlarda yo‘llarda transport vositalarining ko‘payib borishi natijasida bunday baxsiz hodisalar tez-tez uchrab turibdi. Buning natijasida aybsiz kimsalarning jabrlanayotgani, ayniqsa, achinarlidir. Aksariyat hollarda yengil avtomobil egalarining yo‘l qoidalariga to‘liq amal qilmasliklari, jamoat transportlariga imtiyoz bermay harakatlanishlari natijasida xunuk voqealar yuz bermoqda.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish o‘rinli deb o‘ylaymiz. Jamoat transporti, xususan, avtobuslarni boshqarish ancha murakkab jarayon. Ayniqsa, tirband yo‘llarda harakatlanish undanda mashaqqatli. 

Aziz haydovchi va yo‘lovchilar! Shunday ekan, yo‘llarda harakatlanganda jamoat transportlariga imtiyoz berishingizni, ularning erkin qatnoviga xalaqit qilmasligingizni so‘rab qolamiz. Zero, har bir avtobusda o‘nlab hamshaharlarimiz, o‘zimizning yaqinlarimiz borligini unutmasligimiz lozim”, - deyiladi xabarda.

Top