21:39 / 15.08.2019
18027

Ukrainaning eng nufuzli kishilari ro‘yxati e'lon qilindi  

Foto : president.gov.ua

“Novoye vremya” nashri saytida Ukrainaning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxati e'lon qilindi. Ro‘yxatning yuqori o‘rinlarini amaldagi prezident Vladimir Zelenskiy ma'muriyati a'zolari egallashgan. 

Zelenskiyning o‘zi esa ro‘yxatga yetakchilik qilmoqda, 2-o‘rinni uning ofisi rahbari Andrey Bogdan egallagan.

3-, 4- va 5-o‘rinlarni tadbirkorlar – eng boy ukrainalik Rinat Axmetov, “Privat” guruhi egalaridan biri Igor Kolomoyskiy va EastOne Group kompaniyasi egasi Viktor Pinchuk egallagan.

Prezident yordamchisi Sergey Shefir 6-o‘ringa qo‘yilgan, uning ortidan Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov kelmoqda.

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko unga nisbatan ochilgan ko‘plab jinoiy ishlarga qaramay, yetakchi o‘ntalikda qolgan (8-o‘rin).

“Sluga naroda” partiyasi rahbari Dmitriy Razumkov 9-o‘rinni, Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi deputat Viktor Medvedchuk 10-o‘rinni egallagan.

Ro‘yxatning oxirgi o‘rinlarini Rossiya tomonidan Kerch bo‘g‘ozida hibsga olingan 24 ukrainalik dengizchi egallamoqda.

Mavzuga oid
Top