16:39 / 16.08.2019
11915

AQShda Jyeyms Bondning avtomobili 6,4 mln dollarga sotildi

Foto: RM Sotheby's / David Bush

Jyeyms Bondning 1965 yilda ishlab chiqarilgan, qator josuslik funksiyalari bilan jihozlangan Aston Martin DB5 avtomobili AQShning Monterey shahrida o‘tkazilgan Sotheby's auksionida 6,4 million dollarga sotildi.

"Dunyodagi eng mashhur avtomobil - Jyeyms Bondning 1965 yilda ishlab chiqarilgan Aston Martin DB5 avtomobili 6,4 million dollarga sotildi. Sotheby's auksioni Montereyda DB5 bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi!", - deyiladi Sotheby's auksionining Twitter akkauntida.

Mazkur avtomobil Jyeyms Bond haqidagi filmlarni reklama qilish uchun yaratilgan va ekranlarda hech qachon ko‘rinmagan.

Avtomobil davlat raqamini almashtiradigan mexanizm, suriladigan o‘q o‘tkazmaydigan orqa parda, katapultali kreslo, shinalarni teshadigan uskuna va tutunli granata otadigan tizim bilan jihozlangan.

Top