9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

07:33 / 16.08.2019 86347

Hindistonda o‘zbekistonlik ayol zo‘rlandi

Foto: Getty Images

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi Konsullik bo‘limi Dehli shahrida 32 yoshli mamlakatimiz fuqarosi hujum va zo‘rlashga uchragani to‘g‘risida OAVda tarqatilgan ma'lumotni tasdiqladi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, elchixona vaziyatni nazoratga olgan va Hindiston poytaxti politsiya vakillari bilan aloqa o‘rnatgan. Ma'lum qilinishicha, uch gumonlanuvchi hibsga olingan va tergov ishlari olib borilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Dehli shahridagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatgan: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.

Top