9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

11:00 / 16.08.2019 47705

IIV Mirobodda qoldirib ketilgan shubhali qog‘oz qutilar yuzasidan rasmiy axborot berdi

2019 yilning 15 avgust kuni soat 18:15lar atrofida Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati xodimlari Mirobod tumanining Mirobod ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy oldida shubhali bir necha qog‘oz qutilari yotganligini aniqlab, Mirobod tumani 2-sonli Ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan.

Foto: IIV axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari tomonidan tekshirilganda, ushbu qog‘oz qutilar bo‘shligi ma'lum bo‘ldi.

Foto: IIV axborot xizmati

Voqea joyida o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari jarayonida, qoldirib ketilgan qog‘oz qutilari shu ko‘chadagi uyning 1-qavatida joylashgan oyoq kiyimlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon xodimlari tomonidan qo‘yib ketilganligi aniqlandi.

“Hech qanday vahimaga hojat yo‘qligini bildirgan holda, aholidan har qanday sharoitda ham hushyorlikni yo‘qotmaslikni so‘rab qolamiz”, - deyiladi IIV xabarida.

Top