12:19 / 16.08.2019
7003

Marg‘ilondagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 15 avgust kuni soat 11:30da Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar Sholdirama MFY Muqimiy ko‘chasida joylashgan 29-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

FVV ma'lumotida aytilishicha, voqea joyiga 5ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 11:34da yetib borib, soat 11:39da yong‘in qurshab olingan va soat 12:45da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in haqida kech xabar berilganligi sababli, jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida, yong‘inning maydoni kengayib ketgani ma'lum bo‘lgan. Alanga qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan.  

Yong‘in oqibatida uyning 200 kv. metr maydonda tomi, ichki qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni bartaraf etish vaqtida uy egasining onasi, 2-guruh nogironi 1958 y.t fuqaro M.T.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top