9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

08:20 / 16.08.2019 6849

O‘zbekistonlik harbiylar ArMI tanlovi doirasida Elbrusga birinchi bo‘lib ko‘tarilishdi

Foto: Armygames

O‘zbekiston jamoasi Xalqaro armiya o‘yinlarining “Elbrus halqasi-2019” tanlovi doirasida Yevropa va Rossiyaning eng baland tog‘ cho‘qqisi – Elbrusga (5642 metr) birinchi bo‘lib ko‘tarildi. Tanlovda 5 ta davlat harbiylari ishtirok etgan.

Ma'lum qilinishicha, tanlovning yakuniy bosqichida o‘zbekistonlik harbiylarga tayanch lager Priyut 11dan (balandligi 4,2 ming metr) cho‘qqiga ko‘tarilish uchun 4 soat 25 daqiqa talab qilingan. Cho‘qqiga ikkinchi bo‘lib qozog‘istonlik harbiylar, uchinchi bo‘lib Hindiston, to‘rtinchi bo‘lib Rossiya harbiylari ko‘tarilishgan.

“Elbrus halqasi” tanlovida umumiy hisobda Rossiya 14 ta topshiriqdan 9 tasida g‘alaba qozonib, 1-o‘rinni egalladi.

16 avgust Terskol qishlog‘idagi Tog‘ tayyorgarligi bazasida tanlovning tantanali yopilishi marosimi bo‘lib o‘tadi va g‘oliblar mukofotlanadi.

Eng yaxshi tog‘ bo‘limi uchun “Elbrus halqasi” tanlovi 3 avgustda boshlangandi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Marokkash va Hindiston harbiylari ishtirok etgan. 

Xalqaro armiya o‘yinlari (ArMi) 3 avgustdan 17 avgustgacha 10 ta davlat hududida bo‘lib o‘tmoqda. Umumiy hisobda 32 ta tanlov o‘tkazilib, ularda 200 dan ko‘proq jamoa ishtirok etmoqda.

Teglar

Top