16:44 / 16.08.2019
6709
Pokiston g‘arbidagi masjidda portlash sodir bo‘ldi
Foto: Flickr / Wasif Malik

Pokistonning Kvetta shahridagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, kamida 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda ANI agentligi xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, masjidda avvaldan o‘rnatilgan bomba portlagan.

Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Atrof o‘rab olingan, politsiya jinoyatchini qidirmoqda.

Portlash uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh zimmasiga olmagan.

Top