9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

10:52 / 16.08.2019 10804

Shimoliy Koreya noma'lum raketalar uchirdi 

Foto: REUTERS

Shimoliy Koreya harbiylari Yapon dengizi tomon ikkita noma'lum turdagi raketa uchirdi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi

Janubiy Koreya shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, snaryadlar Shimoliy Koreyaning Tokchxon shahridan uchirilgan. Harbiylar boshqa tafsilotlarni, jumladan, raketalar turi, parvozi davomiyligi va maksimal balandligi haqidagi ma'lumotlarni keltirishmagan.

Oxirgi haftalar Shimoliy Koreya muntazam ravishda raketa sinovlarini amalga oshirmoqda.

11 avgustda Seulda Shimoliy Koreya ikkita raketa uchirgani ma'lum qilingan. Janubiy koreyalik harbiylarning fikricha, bu raketalar kichik masofadagi ballistik raketalar bo‘lgan.

10 avgustda AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisidan maktub olganini, unda Kim Chen In “raketalarning uchirilishiga o‘zi ham xursand emasligini” aytganini ma'lum qilgan. 

Ushbu maktubda avvalgi sinovlardan keyin ta'kidlanganidek, raketalarning uchirilishi Shimoliy Koreyaning AQSh va Janubiy Koreyaning birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlariga javobi ekanligi aytilgan.

Top