14:35 / 18.08.2019
7608

Germaniya ta'tilni o‘z vatanida o‘tkazgan suriyaliklarni qochoqlik maqomidan mahrum qilishi mumkin

Foto: RIA Novosti

Germaniya ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexofer ta'til vaqtida o‘z vatanlarida bo‘lib qaytgan suriyaliklar Germaniyada qochoqlik maqomidan mahrum etilishlari mumkinligini bildirdi.

"Agarda suriyalik qochoq ta'tilni muntazam ravishda Suriyada o‘tkazadigan bo‘lsa, u Suriyada ta'qib ostida ekanligini bildira olmaydi. Undaylardan qochoq maqomini olib qo‘yishimiz lozim", - dedi vazir Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida.

Shu sababli migratsiya idorasi qochoqlarning safarlarini kuzatib boradi, dedi Zeyexofer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Suriyadagi vaziyat imkon berishi bilan deportatsiya bilan shug‘ullanish boshlanadi".

Keyingi yillarda Germaniyada 800 mingga yaqin suriyalik qochoq maqomini olgan.

Top