18:25 / 18.08.2019
9401

Kashmirning alohida maqomi bekor qilinganidan keyin to‘rt ming kishi hibsga olindi

Foto: REUTERS / Mukesh Gupta

Kashmirning Hindiston qismida kamida to‘rt ming kishi hibsga olindi, chunki hukumat Jammu va Kashmir shtatining alohida maqomi bekor qilinganidan so‘ng yangi tartibsizliklar yuz berishidan cho‘chimoqda, deb xabar berdi Frans Press agentligi o‘z manbasiga tayanib.

Hukumat vakilining agentlikka xabar qilishicha, jamoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq kamida to‘rt ming kishi hibsga olingan. Ular hech qanday ayblov e'lon qilinmasdan va sud tinglovlari o‘tkazilmasdan ikki yilgacha hibsda ushlab turilishi mumkin.

"Ularning ko‘pchiligi Kashmirdan olib ketilgan, chunki qamoqxonalar to‘lib ketgan", - degan agentlik suhbatdoshi.

5 avgustda Jammu va Kashmir to‘g‘ridan-to‘g‘ri federal boshqaruvga o‘tganidan so‘ng Kashmirning Hindiston qismida uyali va internet aloqasidan foydalanishga cheklovlar kiritilgandi.

Top