14:46 / 19.08.2019
4487

Afg‘oniston sharqidagi portlashlarda 17 kishi jarohatlandi

Foto: REUTERS

Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatida sodir bo‘lgan qator portlashlar oqibatida kamida 17 kishi jarohatlandi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar berdi.

Ushbu hodisa bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar hozircha keltirilmagan.

Dushanba kuni Afg‘onistonda Mustaqillik kuni nishonlanmoqda. Bayram 1919 yildagi uchinchi ingliz-afg‘on urushini yakunlab bergan tinchlik shartnomasining kuchga kirgan sana bilan bog‘liq.

Avvalroq Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi to‘yda sodir etilgan portlash oqibatida 63 kishi halok bo‘lgan, 182 kishi yaralangandi. Portlash uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Top