10:00 / 19.08.2019
5513
Fuqaroni 68 000 dollarga «uxlatgan» shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Illyustrativ foto

2019 yil 15 avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIO FMBga hujjatlar to‘plami tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, 2018 yil sentabr oyida Chilonzor tumanining Katta Chilonzor 5-tor ko‘chasida yashovchi 25 yoshli A.V. Chilonzor ko‘chasida 42 yoshli O.J.ga Xitoy Xalq Respublikasidan shisha va shisha mahsulotlarini olib kelib berishlikni va'da qilgan. Bu shaxs undan 68 000 AQSh dollarini olgan va shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top