18:05 / 19.08.2019
5363

Statistika qo‘mitasi huzuridagi institut bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, Institut Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab Institut huzurida “Ekonometrika hamda statistika” va “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengash tashkil etiladi.

2020 yildan e'tiboran ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha Institut uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalari ajratiladi.

Mavzuga oid
Top