20:17 / 19.08.2019
6403

Sudanda Umar al-Bashir ustidan sud jarayoni boshlandi 

Foto: SS0 Public Domain

Xartumda harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Bashir ustidan sud jarayoni boshlandi. Sud hozircha sobiq prezidentga qo‘yilgan korrupsiya bo‘yicha ayblovlarni ko‘rib chiqmoqda.

Sud majlisiga al-Bashirni himoya qilgani 100 ga yaqin advokat kelgan. Sudlanuvchining o‘zi metall qafas ichiga joylashtirilgan. Mamlakatni 30 yil boshqargan al-Bashirni sud binosiga qurollangan harbiylar zirhlangan mashinalarda keltirishgan.

Al-Bashir ustidan sud jarayoni bir necha marotaba qoldirilib kelinayotgandi.

Tergov vakilining aytishicha, al-Bashir Saudiya Arabistoni hukumatidan millionlab dollar olganini tan olgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, al-Bashirning uyi tintuv qilinganda 6 mln yevro, 351 ming dollar hamda mahalliy valutada katta miqdorda pul topilgan. 

Sudanda harbiy to‘ntaruv 11 aprelda yuz bergandi. Bungacha aholi mamlakatdagi xarobagarchilik sababli ommaviy noroziliklar uyushtirib kelgan. Umar al-Bashirga qarshi jinoiy ish namoyishchilarning halok bo‘lishi va terrorchilarga pul berish ayblovlarini ham o‘z ichiga olgan.

Mavzuga oid
Top