10:23 / 19.08.2019
59375
Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi
Foto: KUN.UZ

Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-iyul oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 49,6 foizga oshgan. 2018 yilning shu davrida 98 700 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 147 650.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish esa 55,1 foizga ortdi. 2018 yilda - 1 925 dona, 2019 yilda - 2 985.

Avtobuslar ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatildi - 3,6 foiz punkti (2018 yilda 303 dona, 2019 yilda 1 095 dona).

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish 62,4 foizga oshdi. 2018 yilda 70 534 dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 114 561.

Top