08:32 / 20.08.2019
16274

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalovchi organ o‘zgardi

Foto: RIA Novosti

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar muvofiq, bundan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi farmatsevtika faoliyatini litsenziyalovchi organ (avval Sog‘liqni saqlash vazirligi) hisoblanadi.

Shuningdek, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi va ulgurji realizatsiya qiluvchilar ustidan nazorat ham mazkur agentlik tomonidan amalga oshiriladi. 

Endilikda:

dori vositalari ishlab chiqarishga beriladigan litsenziyada dori vositasi turi ham ko‘rsatiladi;

litsenziya talabgori farmatsevtika mahsulotlari nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimiga ulanishi hamda litsenziyalovchi organga har oyning beshinchi kunidan kechiktirmay o‘tgan oy uchun ma'lumotlar taqdim etishi lozim.

Top