20:32 / 20.08.2019
25315

Nazarboyev qo‘shiq kuylab, unga klip oldirdi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ona yurti haqida qo‘shiq kuylab, unga videoklip ishlatdi. Klip Yelbasining Instagram’dagi sahifasida joylashtirilgan.

Videoda Nazarboyev qo‘shiqni kuylagan holda bepoyon dalalar bo‘ylab sayr qilayotgani tasvirlangan. Shuningdek, klipda Nazarboyevning bolalar bilan lolaqizg‘aldoq dalalarida o‘tirganini ko‘rish mumkin. 

Qozog‘istonning birinchi prezidenti videoga “Men ko‘plab davlatlarda bo‘lganman. Biroq ulardan birortasi ona qozoq yerim, Olatou ostonasidagi uch tepalik bilan tenglasha olmaydi. Bu yerda mening bolaligim o‘tgan, bu yerda mening ildizlarim”, deb izoh qoldirgan. 

Ta'kidlanishicha, qo‘shiq matnini Nazarboyevning o‘zi yozgan, musiqasini esa kompozitor Altinbek Korazbayev bastalagan. 

Iyul boshida Nazarboyevning sevimli qo‘shiqlari ro‘yxati e'lon qilingandi. Unga ko‘ra, Yelbasining eng sevimli qo‘shig‘i 1970-1980-yillarda mashhurlashgan “Jұldyzym” (Yulduzim) qo‘shig‘i hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarni shoir Abay Kunanbayev she'riga yozilgan “Kөzіmnің qarasy” (Ko‘zimning qarosi), “Beu, ayday” (Oh, oyim), “Sәulem-ay” (Salom-ey) qo‘shiqlari egallagan. 

Video: YouTube

Top