10:13 / 20.08.2019
31392
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida 20 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, safar davomida Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Taxiatosh kabi tumanlar va Nukus shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, sanoat korxonalari va fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilib, yangi loyihalarni belgilash rejalashtirilgan. 

Tashrif ikki kunga mo‘ljallangan, deyiladi xabarda.

Top