19:24 / 21.08.2019
13973
AKFA MEDLINE klinikasida «Sen Yashaysan» xayriya aksiyasi tashkil qilindi

Farzand tug‘ilishi ota-ona uchun baxtdir, biroq uzoq kutilgan chaqaloq  og‘ir tug‘ma kasallik bilan dunyoga kelishi falokatning o‘zginasi. Bolaga yurak porogi tashxisi qo‘yilishi eng bardoshli ota-onani ham sindirishi mumkin. Har yili 1 400 000 nafar bola og‘ir va murakkab yurak porogi bilan dunyoga keladi.

Murg‘ak bolaning ahvoli kundan-kunga yomonlashishi mumkin. Shunday vaziyatlarda ota-onalar o‘zlarini qo‘yarga joy topolmay, farzandini qutqarish uchun har qanday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmaslikka harakat qiladi. Ba'zi vaqtlarda esa yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘qdek ko‘rinadi.

AKFA Medline klinikasi ota-onalarga hayotining mazmunini qaytarish, go‘daklarining og‘ir kasallikdan tuzalib ketishiga umid berish uchun Koreyadan kelgan kardioxirurglar bilan hamkorlikda «Sen Yashaysan» xayriya aksiyasini tashkil qildi.

5-17 avgust kunlari AKFA Medline kardioxirurgiya markazi mutaxassislari respublikaning barcha aholisi uchun bepul konsultatsiyalar tashkil qildi. Yakunda zudlik bilan operatsiya qilinishi kerak bo‘lgan 30 nafar bola tanlab olindi.

Bugun, 21 avgust kuni klinikada «Sen Yashaysan» xayriya aksiyasining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Janubiy Koreyadan kelgan kardioxirurg mutaxassislar mahalliy doktorlar ko‘rigidan keyin tanlab olingan 30 nafar murg‘ak bolani tekshirdi.

Bepul konsultatsiyalar natijasida 5 nafar go‘dak kuz oxirida Koreyaga ketadigan bo‘ldi. U yerda ularga kelajakda tuzalib ketishi uchun yana bir umid beriladi. Borish-kelish, yashash, tahlillar va jarrohlik amaliyoti xarajatlari AKFA Medline klinikasining Janubiy Koreyadagi hamkori Gil Hospital hisobidan to‘lab beriladi.

Ahamiyatlisi, xorijiy mehmonlar bepul ko‘rik, exokardiografiya tashkil qilib bolalarga kasallikni yengish uchun umidgina berib qolmay, har bir go‘dakka sovg‘alar ham ulashdi.

Telefon: +99871 203 30 03 yoki 1141 

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li, 5A

Mo‘ljal: «Beruniy» metro bekti

Sayt: www.akfamedline.uz

Telegram: t.me/akfamedline_uz

Instagram: instagram.com/akfamedline

Reklama huquqi asosida

Top