10:33 / 21.08.2019
5860

Chimboyda institut filiali tashkil qilish taklif etildi 

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Chimboy filialini tashkil qilish haqida petitsiya joylashtirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy, Taxtako‘pir va Qorao‘zak tumanlari yoshlarining oliy ta'lim olishiga keng imkoniyat yaratish va pedagogika sohasida malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Chimboy filialini tashkil etish taklif qilingan. 

Bildirilishicha, mazkur filial tashkil etilsa, ushbu uchta tumandan tashqari Kegeyli tumani yoshlari uchun ham yanada keng imkoniyatlar yaratilgan bo‘ladi.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Chimboy filialini tashkil etishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Top