18:19 / 21.08.2019
7469

Kiyev sudi Poroshenko va Klimkinga qarshi vakolatni suiiste'mol qilish bo‘yicha ish ochish to‘g‘risida qaror chiqardi 

Pavel Klimkin va Pyotr Poroshenko/Foto: Aleksandr SHCHerbak/TASS

Kiyevning Solomenskiy tuman sudi Ukraina Korrupsiyaga qarshi milliy byurosi (KQMB)ga mamlakat sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko va tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinga xizmat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish moddasi bo‘yicha ish ochish majburiyatini yukladi.

Bu haqda chorshanba kuni "Ukrainskiye novosti" agentligi sud materiallariga asoslanib xabar berdi.

Shu bilan birga, OAVning ko‘rsatishicha, da'vo muallifining ismi keltirilmayapti hamda u 15 iyul kuni KQMBga Poroshenko va Klimkin tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida ariza bergan. 

Ish tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan. 15 avgustda sud KQMBga ish ochish majburiyatini yukladi.

Ayni paytda mamlakatni tark etgan va, Ukraina OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Norvegiyada bo‘lib turgan sobiq prezident Pyotr Poroshenkoni navbatdagi so‘roq qilish 3 sentabr kuni Davlat tergov byurosida o‘tkazilishi kerak. Bu haqda chorshanba kuni Viktor Yanukovich davrida prezident ma'muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan advokat Andrey Portnov ma'lum qildi.

«2019 yil 3 sentabr, seshanba kuni soat 10:00da Pyotr Alekseyevich sizni tergovchi so‘roq qiladi. Kelish majburiy, aks holda majburiy keltirilasiz», - deb yozdi u o‘zining shaxsiy Telegram kanalida. 

Mavzuga oid
Top