10:21 / 22.08.2019
3426

O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari muzokara o‘tkazdi 

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «C5+1» shaklidagi uchrashuvda ishtiroki doirasida Nur-Sulton shahrida Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston TIV rahbari qozog‘istonlik hamkasbini Markaziy Osiyo va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashuvining samarali yakunlangani bilan tabrikladi, deyiladi vazirlik xabarida.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston uchrashuvlari davomida erishilgan oliy va boshqa darajalardagi kelishuvlarni amalga oshirilish jarayonlari muhokama qilindi hamda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlar ikki tomonlama hamkorlik institutlarining bo‘lajak yig‘ilishlari kun tartibi va ularni o‘tkazish jadvalini ko‘rib chiqdilar.

Ta'kidlanganidek, «O‘zbekistonda Qozog‘iston yili» doirasida tashkillashtirilayotgan har bir tadbir katta muvaffaqiyat bilan o‘tmoqda va ikki mamlakat xalqlarining mustahkam do‘stligidan yorqin dalolat bermoqda.

Uchrashuvda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlar rahbarlarining Maslahat uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Mavzuga oid
Top