18:35 / 22.08.2019
6307

Toshkentda avtobuslarga videokuzatuv kameralari o‘rnatish boshlandi

Foto: Toshshahartransxizmat

"Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan avtobuslarga videokuzatuv kameralari o‘rnatilishi boshlandi

Dastlabki kuzatuv kameralari "2 Avtobus saroyi" MChJ tasarrufidagi 5 ta №24 yo‘nalish avtobuslariga o‘rnatildi. Video kuzatuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash.

Jamoat transporti monitoringi quyidagi dolzarb vaziyatlarni hal etishda yordam beradi:

Jinoyat va terrorchilik harakatlarini oldini olish;

Jamoat transportini boshqarishga mas'ul shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlarini aniqlash;

Fuqarolar hayoti va mulkini jinoiy omillar ta'siridan himoya qilish;

Shu bilan birga, videokuzatuv tizimining asosiy vazifalaridan biri yo‘l-harakati xavfsizligi sifatini yaxshilashdir. Videokuzatuvdan foydalanish shubhali buyumlar, shubhali shaxslar, avtobus jihozlariga zarar yetkazish holatlari, yo‘lovchilar qatnovi hisobini yuritish, avtohalokat hodisalarida munozarali holatlarga aniqlik kiritish va aybdor shaxslarni aniqlash (ko‘p hollarda avtobus haydovchisining aybsizligini isbotlash) va hokazo holatlarni aniqlash uchun xizmat qiladi. 

"Toshshahartransxizmat" AJ yil oxirigacha barcha yo‘nalishlar avtobuslarida video kuzatuv kameralarini o‘rnatishni rejalashtirgan.

Top