20:36 / 22.08.2019
19687

Xitoy Huawei uchun o‘ch olish obektini topdi 

Foto: Reuters

AQShning FedEx logistik kompaniyasi Huawei kompaniyasi bilan muammolar sababli Xitoyning shubhali tashkilotlar sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Bu haqda Xitoy tijorat vazirligining rasmiy vakili Gao Fen ma'lum qildi. 

FedEx Yaponiyadan ichida Huawei qurilmalari bo‘lgan ikkita jo‘natmani kompaniyaning Guanchjou va Shanxaydagi ofislariga jo‘natishi kerak bo‘lgan, biroq buning o‘rniga ularni AQShga jo‘natgan. Kompaniya ushbu holat uchun uzr so‘rab, buni “tashqi kuchlar” bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsion xato bilan tushuntirgan. Biroq Pekin 14 iyunda ushbu holat bo‘yicha tergov boshlagan.

Iyulda esa Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin FedEx’ning harakatlari noqonuniy bo‘lganining isbotlari topilganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, AQSh kompaniyasi javobgarlikka tortiladi, biroq ko‘riladigan choralarning qat'iyligi mutasaddi idoralar olib borayotgan tergovning natijalariga bog‘liq bo‘ladi.

AQSh butun dunyo bo‘ylab Huawei’ning yuzdan ko‘proq sho‘'ba kompaniyalarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. Oxirgi sanksiyalar doirasida ushbu ro‘yxatga kompaniyaning yana 46 ta kompaniyasi kiritilgan. Shu bilan birga bosh kompaniyaga AQSh bozorida yana 90 kun ishlashga ruxsat berilgan. Kompaniyaga sanksiyalar kiritilishiga uning Xitoy hukumati va harbiylari bilan hamkorlik qilishi hamda qurilmalarini kuzatuv uchun qo‘llashiga gumon sabab sifatida aytilgan.

Top