00:05 / 23.08.2019
22408

Eron S-400 majmuasining muqobilini yaratganini e'lon qildi 

Foto: Anadolu

Eron o‘z ishlab chiqqan yangi zenit-raketa majmuasi “Bavar-373”ni taqdim qildi. Majmua o‘z ko‘rsatkichlari bo‘yicha Rossiyaning S-400 majmualariga yaqin.

Majmua Tehronda prezident Hasan Ruhoniy ishtirokidagi marosimda taqdim qilingan.

Eron prezidenti yangi majmua o‘z ko‘rsatkichlari bo‘yicha S-400’ga yaqinligini va S-300’dan ustunligini aytgan.

Ruhoniy marosim vaqtida Vashingtonning Eron bilan yadro kelishuvidan bir tomonlama chiqishini yana tanqid ostiga olgan.

“Vashington xalqaro huquq va kelishuvlarni buzmoqda, iqtisodiy terror va bosimdan o‘z maqsadlariga erishish uchun foydalanmoqda”, deb aytgan Eron prezidenti. 

Uning aytishicha. Eronda 2017-2018 yillarda hukumatga qarshi o‘tgan aksiyalar ortida ham AQSh turgan.

“Amerikaliklar tartibsizliklar bir necha oy davom etishiga umid qilishgan, biroq Eron xavfsizlik kuchlari 5 kun ichida mamlakatda to‘liq barqarorlikni ta'minlashgan. Tehron xorijdagi Eronga qarshi doiralar ustidan navbatdagi g‘alabasiga erishgan”, deb qo‘shimcha qilgan Ruhoniy.

Mavzuga oid
Top