14:17 / 23.08.2019
3931

«Napoli» Losano transferini e'lon qildi

PSV hujumchisi Irving Losano «Napoli» futbolchisiga aylandi.

Neapolliklar klubi rasmiy sayti ushbu 24 yoshli futbolchini transfer qilgani haqida e'lon qilgan. 

Losanoning transfer «Napoli»ga 40 million yevroga tushadi. Bu klub uchun rekord darajadagi transfer bo‘ldi. PSV bu mablag‘ning 20 foizini futbolchining sobiq klubi «Pachuka»ga o‘tkazib beradi. Transfer uchun futbolchining agenti Mino Rayola 5 million yevro miqdorida komissiya puli oladi.

Meksikalik futbolchi «Napoli» bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, Losano yangi klubida yiliga 4,5 million yevro miqdorida maosh oladi.

Losano 2017 yilda PSV a'zosiga aylandi. Niderlandlar uni «Pachuka»dan 8 mln yevro evaziga xarid qilgandi. Losano Meksika terma jamoasi safida 35 o‘yinda maydonga tushib, 9 gol muallifi bo‘lgan.

Losano Niderlandiya chempionatining o‘tgan mavsumida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 17 gol urgan va 12 golga uzatma bergan.

Mavzuga oid
Top